Ichki xotira hajmining oshishi smartfonlardan foydalanish madaniyatini tubdan o‘zgartirdi. Bugungi flagman modellar nafaqat aloqa, balki professional ish, kontent yaratish va saqlash uchun ham mo‘ljallanmoqda. 2025-yilda ayrim modellar 1 TB ichki xotira bilan taqdim etilib, eng katta xotiraga ega smartfonlar reytingini yangiladi.
Samsung Galaxy S24 Ultra

Samsung Galaxy S24 Ultra maksimal konfiguratsiyada 1 TB ichki xotira bilan jihozlangan. Qurilma 12 GB operativ xotira bilan birga ishlaydi va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda yuqori barqarorlikni ta’minlaydi. Smartfon 6,8 dyuymli Dynamic AMOLED 2X ekranga ega bo‘lib, yuqori aniqlik va moslashuvchan yangilanish chastotasini taklif qiladi. To‘rt kamerali tizim professional suratga olish imkonini beradi. Model S Pen qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi va ishbilarmon foydalanuvchilar uchun qulay yechim hisoblanadi.
Apple iPhone 15 Pro Max

iPhone 15 Pro Max ham 1 TB ichki xotirali versiyada mavjud. Qurilma 8 GB operativ xotira bilan jihozlangan bo‘lsa-da, Apple’ning optimallashtirilgan iOS tizimi tufayli yuqori unumdorlikni namoyon etadi. 6,7 dyuymli Super Retina XDR OLED displey tasvir sifati bilan ajralib turadi. Kamera tizimi 5 karra optik zum imkoniyatiga ega. Titan qotishmasidan tayyorlangan korpus va Action tugmasi ushbu modelning asosiy texnik yangiliklaridan sanaladi.
Google Pixel 9 Pro

Google Pixel 9 Pro 1 TB ichki va 16 GB operativ xotira bilan taqdim etilgan. Qurilma Tensor G4 protsessori asosida ishlaydi va Gemini sun’iy intellekti bilan integratsiyalashgan. 6,3 dyuymli Super Actua LTPO OLED displey yuqori aniqlik va silliq ishlashni ta’minlaydi. Kamera tizimi Pixel’ga xos bo‘lgan ilg‘or hisoblash fotografiyasi bilan ajralib turadi. Old kamera yuqori aniqligi bilan selfi va videoaloqa sifatini oshiradi.
ASUS ROG Phone 8 Pro

ASUS ROG Phone 8 Pro eng katta operativ xotiraga ega smartfonlardan biri hisoblanadi. Qurilma 1 TB ichki va 24 GB tezkor xotira bilan jihozlangan. 165 Gts yangilanish chastotasiga ega AMOLED displey, kuchli sovutish tizimi va katta sig‘imli batareya uni mobil o‘yinlar uchun moslashtiradi. Model dizaynida AniMe Vision LED panelidan foydalanilgan bo‘lib, u qurilmaga o‘ziga xos tashqi ko‘rinish beradi.
Google Pixel 8 Pro

Google Pixel 8 Pro ham ayrim bozorlarda 1 TB ichki xotirali versiyada taqdim etilgan. Qurilma 12 GB operativ xotira bilan ishlaydi va Super Actua LTPO OLED displey bilan jihozlangan. Kamera tizimi yuqori aniqlikdagi sensorlarga ega bo‘lib, kechki suratga olishda kuchli natijalar ko‘rsatadi. Pixel’ga xos bo‘lgan Magic Eraser va xavfsizlik yechimlari ushbu modelning muhim afzalliklaridan sanaladi.
Qaynoq24.uz Samsung kompaniyasining omadsiz smartfonlari haqida yozgan edi.

