Redmi Note 15 5G 6,77 dyuymli egri AMOLED va 3200 nit yorqinlik bilan namoyon bo‘ldi. Gizmochina ma’lumotiga ko‘ra, Note 15 5G 6,77 dyuymli egri shakldagi AMOLED displey bilan jihozlanadi.
Ekran 120 Gs yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi va Hydro Touch 2.0 texnologiyasi tufayli nam qo‘llarda ham sezgirligini yo‘qotmaydi. Eng e’tiborga molik jihati esa displeyning 3200 nitgacha yetuvchi maksimal yorqinligidir. Bu ko‘rsatkich flagman darajasiga yaqin hisoblanadi. Ruxsat aniqligi rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, FHD+ bo‘lishi kutilmoqda.

Xiaomi ushbu modelda ko‘z salomatligiga ham alohida e’tibor qaratgan.
Redmi Note 15 5G TÜV Triple Eye Care sertifikatiga ega bo‘lib, uzoq vaqt foydalanishda ko‘zga tushadigan yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.
Avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon Hindistonda 2026 yil 6 yanvar kuni taqdim etiladi. Qurilma kuchli Qualcomm ishlab chiqargan Snapdragon 8 Gen 3 protsessori bilan ishlashi kutilmoqda. Shuningdek, 5520 mA/soat sig‘imli batareya va 45 vattli tezkor simli quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi.
Narxlar bo‘yicha ham dastlabki ma’lumotlar mavjud. Insayderlarga ko‘ra, 9 GB tezkor va 128 GB ichki xotirali talqin 22 999 hind rupiyasi, ya’ni taxminan 257 AQSh dollarida sotuvga chiqadi. 8 GB RAM va 256 GB xotiraga ega variant esa 24 999 rupiya, ya’ni qariyb 279 dollar turishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Redmi Turbo 5 qanday xususiyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

