Endilikda investitsiya vositachisi faoliyati to‘xtatilganda depozitar operatsiyalar tartibi belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” ma’lum qildi.
Nizomga muvofiq, investitsiya vositachisining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilganda u depozitar operatsiyalarni amalga oshirishni to‘xtatadi. Bu haqda investitsiya vositachisi ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalari hamda fond birjasining rasmiy veb-sayti orqali e’lon berishi shart.
Agar investitsiya vositachisining litsenziyasi tugatilsa yoki bekor qilinsa, u holda depontentlarning hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘chirmalar shakllantiriladi va faoliyat tugatilgani to‘g‘risida depontentga rasmiy xabarnoma yuboriladi. Depontent mazkur xabarnomani olganidan so‘ng bir hafta muddat ichida o‘ziga tegishli qimmatli qog‘ozlarni boshqa investitsiya vositachisiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berishi lozim.
Agar belgilangan muddatda bunday topshiriq taqdim etilmasa, investitsiya vositachisi depontentga tegishli qimmatli qog‘ozlarni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga o‘tkazadi. Markaziy depozitariyga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar depontent tanlagan investitsiya vositachisiga bir kun ichida o‘tkazib berish orqali egasiga qaytariladi.
Qaynoq24.uz homiladorlik va tug‘ish nafaqalari qanday tayinlanishi haqida yozgan edi.

