23-dekabr kuni sovuq va tumanli ob-havo kuzatiladi

Foto: Adobe Stock
Mohinur Rajabova
3 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 23-dekabr kuni ob-havo sovuq va tumanli bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzgi paytda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak yuzaga kelishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–4 daraja sovuq, kunduzi 5–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja sovuq, kunduzgi paytda 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz kechadi. Ba’zi hududlarda tuman kuzatiladi. Shamol tezligi sekundiga 7–12 metrni tashkil etadi. Harorat kechasi 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi esa 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol shimoli-sharqdan esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak yuzaga keladi. Shamol tezligi sekundiga 7–12 metr atrofida bo‘ladi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzgi paytda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog‘adi. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi va yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 21-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.