23-dekabr uchun dollar oshdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 23-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 14,29 so‘mga oshib, 12 010,43 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi 37,15 so‘mga ko‘tarilib, 14 088,23 so‘m darajasiga yetdi. Rossiya rubli ham mustahkamlanib, 2,71 so‘mga o‘sdi va 151,25 so‘m bo‘ldi.

Buyuk Britaniya funt sterlingi eng katta o‘sishni qayd etdi. Uning kursi 70,77 so‘mga ko‘tarilib, 16 124,00 so‘mni tashkil qildi. Shveysariya franki esa aksincha, 5,46 so‘mga arzonlab, 15 085,69 so‘m darajasiga tushdi. Xitoy yuani ham pasayish ko‘rsatib, 3,5 so‘mga kamaydi va 1 703,80 so‘m etib belgilandi.

Qaynoq24.uz internet nashri 22-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.