29-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 29-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9 mln 190 ming so‘mdan sotilmoqda.

Bir kun avval 5 grammli quyma 9 mln 185 ming so‘m bo‘lgan edi. Shunday qilib, uning narxi 5 ming so‘mga oshdi. 10 grammli quyma 10 ming so‘mga qimmatlab, 18 mln 380 ming so‘mga, 20 grammli quyma esa 21 ming so‘mga ko‘tarilib, 36 mln 761 ming so‘mga yetdi.

50 grammli oltin quymaning sotish narxi 52 ming so‘mga oshib, 91 mln 902 ming so‘mni tashkil etdi. 100 grammli quyma esa bir kunda 104 ming so‘mga qimmatlab, 183 mln 804 ming so‘mga baholandi.

Shu bilan birga, quymalarni qaytarib sotib olish narxlari pasaydi. Qadog‘i but saqlangan 5 grammli quyma 7 mln 704 ming so‘mga, 10 grammlisi 15 mln 408 ming so‘mga, 20 grammlisi esa 30 mln 816 ming so‘mga qaytarib olinadi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQadog‘i but holatda qaytarib olishQadog‘i buzilgan yoki talabga mos kelmagan holatda
5 gramm9 190 000 so‘m7 704 000 so‘m7 626 000 so‘m
10 gramm18 380 000 so‘m15 408 000 so‘m15 252 000 so‘m
20 gramm36 761 000 so‘m30 816 000 so‘m30 504 000 so‘m
50 gramm91 902 000 so‘m77 039 000 so‘m76 261 000 so‘m
100 gramm183 804 000 so‘m154 078 000 so‘m152 521 000 so‘m

Qaynoq24.uz 29-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.