Markaziy bank tomonidan 29-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 61,42 so‘mga qimmatlab, 12 050,34 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi ham 21,80 so‘mga oshib, 13 685,57 so‘mga yetdi. Britaniya funt sterlingi 19,23 so‘mga ko‘tarilib, 16 004,06 so‘mdan belgilandi. Xitoy yuani 7,97 so‘mga qimmatlab, 1 779,88 so‘mni, Yaponiya iyenasi esa 0,22 so‘mga oshib, 73,53 so‘mni tashkil qildi.
Ayni paytda Rossiya rubli 0,20 so‘mga arzonlab, 153,29 so‘mga tushdi. Shveysariya franki kursida ham pasayish kuzatildi: u 20,17 so‘mga arzonlab, 14 690,16 so‘mni tashkil etdi.
Shu tariqa, yangilangan kurslarda asosiy xorijiy valyutalarning aksariyati so‘mga nisbatan qimmatlagan bo‘lsa, Rossiya rubli va Shveysariya franki qiymati pasaydi.
Qaynoq24.uz 28-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


