24-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 24-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 53 so‘mga qimmatlab, 12 101,84 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 70,13 so‘mga ko‘tarilib, 13 811,83 so‘mga yetdi. Rossiya rubli 0,87 so‘mga qimmatlab, 153,75 so‘mni tashkil etdi.

Britaniya funt sterlingi 74,49 so‘mga oshib, 16 183,79 so‘m bo‘ldi. Yapon iyenasi 0,18 so‘mga ko‘tarilib, 74,08 so‘m, Shveysariya franki esa 26,83 so‘mga qimmatlab, 14 854,35 so‘m etib belgilandi.

Xitoy yuani kursi ham 8,65 so‘mga oshib, 1 787,65 so‘mga yetdi. Shunday qilib, e’lon qilingan asosiy xorijiy valyutalarning barchasi so‘mga nisbatan qimmatlashdi.

Qaynoq24.uz 24-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.