2026-yilda smartfon uchun qancha xotira kerak

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
3 Daqiqa o‘qish

2026-yilga kelib smartfon bozori murakkab burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda. Bir tomondan, sun’iy intellekt texnologiyalari telefonlarning imkoniyatlarini keskin kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan esa, global tezkor xotira tanqisligi ishlab chiqaruvchilarni texnik imkoniyatlarni qisqartirishga majbur qilmoqda. Yaqinda odatiy bo‘lib qolgan 16 yoki 24 GB RAM’li smartfonlar sekin-asta bozordan yo‘qolib, 12 GB yuqori chegara sifatida qaralishi mumkin. Gizmochina 2026-yilda smartfonlar uchun xotira chegaralari haqida maqola e’lon qildi.

Sun’iy intellekt va RAM muammosi

Foto: Pexels

Sun’iy intellekt asosidagi funksiyalar ko‘proq xotira talab qiladi. Ovozli yordamchilar, real vaqtda tarjima, foto va video tahriri kabi imkoniyatlar qurilmada doimiy ishlaydi. Masalan, Google’ning Gemini Nano yoki Samsung‘ning Galaxy AI tizimlari 3–4 GB tezkor xotirani band qiladi. Shu bilan birga, chip ishlab chiqaruvchilar smartfonlar uchun DRAM’dan ko‘ra AI serverlari uchun mo‘ljallangan xotiralarga ustuvorlik bermoqda. Bu esa RAM narxining keskin oshishiga olib kelmoqda va ishlab chiqaruvchilar xotira hajmini kamaytirishga majbur bo‘lmoqda.

Flagman smartfonlarda holat qanday bo‘ladi?

Premium segmentda RAM masalasi juda muhim. Flagman qurilmalar yuqori aniqlikdagi video yozuv, ko‘p vazifali ish va kuchli grafikani talab qiluvchi o‘yinlar uchun kamida 12 GB RAM’ga tayanadi. Agar xotira kamaytirilsa, qurilmaning asosiy ustunligi yo‘qoladi. Shu sababli 2026 yilda ko‘plab flagmanlar 8 GB RAM bilan chiqishi, faqat Pro yoki Ultra modellari 12 GB xotirani saqlab qolishi kutilmoqda. 16 GB variantlar esa faqat professional foydalanuvchilar va geymerlar uchun qoladi.

Foto: Gizmochina

O‘rta segment va budjet telefonlar

Eng katta o‘zgarishlar aynan o‘rta va byudjet segmentda seziladi. Avval 300 dollardan arzon smartfonlarda ham 8 GB RAM uchray boshlagan edi. 2026 yilda esa narxlarni barqaror saqlash uchun ishlab chiqaruvchilar 6 GB, ayrim hollarda esa 4 GB RAM’ga qaytishi mumkin. 4 GB xotira oddiy qo‘ng‘iroqlar va messenjerlar uchun yetarli bo‘lsa-da, ko‘p ilova bilan ishlash va o‘yinlarda sezilarli cheklovlar paydo bo‘ladi.

Virtual RAM masalasi

Yana bir muhim jihat — virtual RAM’ning faol reklama qilinishi. Ko‘plab brendlar ichki xotira hisobidan “qo‘shimcha RAM” taklif qilmoqda. Biroq virtual RAM haqiqiy tezkor xotira o‘rnini bosa olmaydi. U faqat qisqa muddatli yengillik beradi, ammo umumiy tezlik va barqarorlikni sezilarli oshirmaydi.

Qaynoq24.uz 2025-yilning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.