O‘zbekiston Respublikasida 24-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvcham bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkent shahri
Poytaxtda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi bir daraja sovuqdan bir daraja iliqqacha, kunduz kuni esa olti-sakkiz daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Hududlarda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati bir-olti daraja sovuq, kunduz kuni ikki-yetti daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Bu hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati uch daraja sovuqdan ikki daraja iliqqacha, kunduz kuni esa yetti-o‘n ikki daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari
Ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati uch daraja sovuqdan ikki daraja iliqqacha, ba’zi joylarda besh-yetti daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduz kuni besh-o‘n daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi ikki daraja sovuqdan uch daraja iliqqacha, kunduz kuni esa yetti-o‘n ikki daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Farg‘ona vodiysida havo o‘zgaruvchan va asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati ikki daraja sovuqdan uch daraja iliqqacha, kunduz kuni uch-sakkiz daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati sakkiz-o‘n uch daraja sovuq, kunduz kuni esa nol-besh daraja sovuq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Qaynoq24.uz 22-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

