Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi smartfon bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi. Biroq Galaxy qurilmalari ortida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan qiziqarli va kam tanilgan jihatlar ham mavjud. Quyida Samsung smartfonlari haqida siz bilmagan 7 ta fakt keltiriladi.
- Birinchi fakt. Ishlab chiqarilishning kengayishi
- Ikkinchi fakt. Sinovlar harbiy standarlar bo‘yicha ham olib boriladi
- Uchinchi fakt. Protssesorlarni kim ishlab chiqaradi
- To‘rtinchi fakt. Galaxy nomi qanday paydo bo‘lgan
- Beshinchi fakt. Kamera sensorlari
- Oltinchi fakt. Modellar suvga qanday bardosh beradi
- Yettinchi fakt. Android yangilanishlari
Birinchi fakt. Ishlab chiqarilishning kengayishi
Samsung dunyodagi eng yirik displey ishlab chiqaruvchilardan biri sanaladi. Galaxy smartfonlarida ishlatiladigan AMOLED ekranlarning aksariyati Samsung Display tomonidan ishlab chiqariladi. Qizig‘i shundaki, bu displeylar nafaqat Samsung telefonlarida, balki Apple iPhone va boshqa brendlar qurilmalarida ham qo‘llaniladi.

Ikkinchi fakt. Sinovlar harbiy standarlar bo‘yicha ham olib boriladi
Samsung Galaxy smartfonlari harbiy standartlar bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Kompaniyaning ko‘plab modellari AQShning MIL-STD-810H standarti asosida tekshiriladi. Bu qurilmalar yuqori va past harorat, namlik hamda tebranishlarga chidamliligini anglatadi.
Uchinchi fakt. Protssesorlarni kim ishlab chiqaradi
Samsung o‘z protsessorlarini ham ishlab chiqaradi. Exynos nomli chiplar Samsung‘ning yarimo‘tkazgich bo‘limi tomonidan yaratiladi. Ayrim bozorlarda Galaxy smartfonlari Qualcomm Snapdragon o‘rniga aynan Exynos protsessorlari bilan sotiladi.

To‘rtinchi fakt. Galaxy nomi qanday paydo bo‘lgan
Galaxy nomi tasodifan tanlanmagan. “Galaxy” so‘zi ingliz tilida “galaktika” degan ma’noni anglatadi va Samsung uni cheksiz imkoniyatlar ramzi sifatida tanlagan. Bu nom ilk bor 2009-yilda Galaxy i7500 modelida ishlatilgan.
Beshinchi fakt. Kamera sensorlari
Samsung kameralar uchun sensorlarni ham o‘zi ishlab chiqaradi. ISOCELL texnologiyasi kompaniyaning o‘z ishlanmasi bo‘lib, u suratlarda rang aniqligi va yorug‘likni yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi. Ushbu sensorlar nafaqat Galaxy smartfonlarida, balki boshqa brendlar telefonlarida ham ishlatiladi.

Oltinchi fakt. Modellar suvga qanday bardosh beradi
Samsung uzoq yillardan beri suvga chidamli smartfonlar ishlab chiqarib keladi. Galaxy S5 modeli 2014-yilda IP67 sertifikatiga ega bo‘lgan ilk ommaviy flagmanlardan biri edi. Hozirgi Galaxy S va Z seriyalari IP68 darajasida himoyalangan.
Yettinchi fakt. Android yangilanishlari
Samsung Android yangilanishlari bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biriga aylangan. So‘nggi yillarda kompaniya flagman va o‘rta segment modellari uchun to‘rt yillik Android yangilanishi va besh yillik xavfsizlik patchlarini va’da qilmoqda. Bu Android ekotizimida kam uchraydigan holat hisoblanadi.
Qaynoq24.uz eng arzon va eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

