Dunyoning eng qimmat futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: Yamal instagram sahifasi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Transfermarkt portali dunyoning bozor bahosi eng yuqori bo‘lgan futbolchilari reytingini yangiladi. Jadvalga ko‘ra, birinchi o‘rinda «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal turibdi. Uning transfer narxi 200 million yevroga baholangan.

Shu qiymatda «Manchester Siti» hujumchisi Erling Haaland va «Real Madrid» yulduzi Kilian Mbappe ham qayd etilgan. Ular yosh bo‘yicha kam farq qilmagani bilan, bozor bahosida yetakchilar qatorida qolmoqda.

To‘rtinchi o‘rinda «Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellinhem joy olgan. Uning transfer bahosi 160 million yevro deb ko‘rsatilgan. Beshlikni Vinisius Junior yakunlagan – 150 million yevro.

Reytingning keyingi pog‘onalarida Pedri (140 mln yevro), Jamol Musiala (130 mln yevro), Bukayo Saka (130 mln yevro) va Maykl Olise (130 mln yevro) qayd etilgan. Shuningdek, Koul Palmer, Deklan Rays, Aleksandr Isak va Federiko Valverde 120 million yevro atrofida baholangan futbolchilar qatorida tilga olingan.

Ro‘yxatda shuningdek «PSJ» yarim himoyachisi Malkom Neves va «Bayer Leverkuzen» yetakchisi Florian Virts ham bor. Ularning transfer qiymati 110 million yevro sifatida qayd etilgan.

Qaynoq24.uz Messi haqida qiziqarli 5 faktni yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.