Husanov “Manchester Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishi mumkin

Foto: mancity.com
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi. Bu haqda klub saytida ma’lum qilindi.

Klub sayti ma’lumotiga ko‘ra, sovrin uchun Husanov bilan birga Bernardu Silva va Niko O‘Rayli ham da’vogarlik qilmoqda. Aprel oyida Husanov jamoaning asosiy himoyachilaridan biri sifatida maydonga tushdi. U to‘rtta o‘yinda asosiy tarkibda harakat qildi va barcha uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Ushbu bahslarda jamoa g‘alaba qozondi va faqat Arsenal darvoza yo‘lini topa oldi.

Foto: Instagram / Husanov

Bosh murabbiy Pep Gvardiola o‘zbekistonlik futbolchiga katta ishonch bildirmoqda. Klub Husanovning tezligi, kuchi va agressiv o‘yin uslubi himoyada hal qiluvchi omil bo‘layotganini qayd etdi. Shuningdek, uning maydonni ko‘ra olish qobiliyati va aniq uzatmalari yuqori baholandi. Muhim o‘yinlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi ham alohida e’tirof etilgan.

Foto: Instagram / Husanov

Husanov “Byornli”ga qarshi safardagi bahsda jamoasiga muhim g‘alaba keltirgan o‘yin uchun eng yaxshi futbolchi deb topilgan. Bu uning jamoaga qo‘shayotgan hissasini yana bir bor ko‘rsatdi.

Ma’lumot uchun, u avval ham bir necha bor oy futbolchisi deb topilgan. Xususan, 2025-yil fevral hamda 2026-yil yanvar va mart oylarida ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan.

Qaynoq24.uz Husanov eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.