YI va AQSh o‘rtasida harbiy ajralish ehtimoli bashorat qilindi

Foto: Atlantic Council
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Yevropa Ittifoqi (YI) AQShdan mustaqil harbiy salohiyatga ega bo‘lishi uchun kamida besh yil kerak bo‘ladi. Institut Yevropi RAN jurnalida e’lon qilingan maqolada YI 2030-yilga kelib AQSh yordamisiz ham harakatlana olishi mumkinligi qayd etilgan.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, Yevropa o‘z ehtiyojlari uchun yetarli harbiy kuch shakllantirishi mumkin, ammo AQSh muhim harbiy texnologiyalar bo‘yicha yetakchiligini saqlab qoladi. Baholashga ko‘ra, Yevropa murakkab harbiy tizimlarning 40–50 foizini import qilishda davom etgan taqdirda ham ayrim yo‘nalishlarda raqobatchilik qobiliyatini yo‘qotmaydi.

Maqolada 2030-yilga borib NATO sharqiy flangida AQShsiz yirik harbiy operatsiyalar o‘tkazish imkonini beruvchi salohiyat shakllanishi aytiladi. Materialda Rossiya va G‘arb raqobati Arktika hududida kuchaya borishi ham ta’kidlangan. Bunday sharoitda Moskva Shimoliy dengiz yo‘li, Transarktika transport yo‘nalishini rivojlantirish va shel’f konlarini faol o‘zlashtirishga e’tibor kuchaytirishi kerakligi ko‘rsatildi.

Qaynoq24.uz AQShda taniqli sportchi okeanda bedarak yo‘qolgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.