O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi. Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnoma yoʻlladi.
“Yangi samolyotlarimiz uchun uchuvchilar, ularga texnik xizmat koʻrsatuvchilar, aeroportlar uchun servis va boshqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi”, — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Aviaparkdagi havo kemalari soni 120 taga yetkaziladi. Hozirda ularning soni 105 tani tashkil etadi. Mahalliy avia-qatnovlarni oshirish uchun subsidiyalashning yangi tizimi joriy etiladi.
Endi, narxidan qatʼi nazar, sotilgan har bir chipta uchun aniq miqdorda subsidiya ajratiladi. Bu – chipta narxini pasaytirish va talabni oshirishga xizmat qiladi.
Qaynoq24.uz Nazariy fizika instituti tashkil etilishi haqida yozgan edi.

