Samsung arzon modellardan voz kechadimi?

Foto: Three
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yilda Samsung arzon segmentidagi smartfonlarini avvalgidek arzon narxda sotmasligi mumkin. Gizmochina nashrining yozishicha, kompaniya yangi Galaxy A07, A37 va A57 modellari uchun texnik imkoniyatlarni kuchaytirayotgan bo‘lsa-da, narxlar ham oshishi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Galaxy A07 5G Braziliyada tasdiqlovdan o‘tgan va 6 000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Bu o‘tgan avlodga nisbatan 1 000 mA/soat ko‘proq. Biroq protsessor o‘sha — MediaTek Dimensity 6300, xotira esa 4/128 GB ko‘rinishida qolmoqda. Mutaxassislar fikricha, Samsung katta batareyani yangilik sifatida taqdim etib, narx oshishini yumshatmoqchi.

Galaxy A37 va A57 modellari esa yanada katta o‘zgarish olishi mumkin. Ular Sony IMX906 50 MP datchigi bilan ta’minlanishi aytilmoqda — bu odatda qimmatroq flagmanlarda qo‘llanadigan kamera sensori. Shunga qaramay, kompaniya xarajatlarning oshishi fonida A seriyasi narxini ko‘tarishga majbur bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, ayrim bozorlar, jumladan Hindistonda narx 1–2 ming rupiyga oshishi ehtimol.

So‘nggi yillarda DRAM va kamera sensorlari narxi AI texnologiyalariga talab kuchaygani sabab sezilarli oshgan. Samsung esa endi arzon segmentdagi zararlarni qoplamaslikni maqsad qilgan.

Qaynoq24.uz eng omadsiz Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.