O‘zbekistonning import hajmi 41,9 mlrd dollarga yetdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning import hajmi 41,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sgan.

Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida O‘zbekiston jami 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan. Import tarkibida asosiy ulushni sanoat mahsulotlari, texnika, energiya resurslari hamda iste’mol tovarlari egallagan.

2025-yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p mahsulotni Xitoydan sotib olgan. Ushbu davlat bilan import hajmi 12,8 mlrd dollarga yetgan. Ikkinchi o‘rinda 7,8 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan Rossiya joylashgan. Undan keyin 3 mlrd dollar bilan Qozog‘iston kelmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston importida Turkiyaning ulushi 1,7 mlrd dollar, Koreya Respublikasiniki 1,5 mlrd dollarga teng bo‘lgan. Germaniya va Hindiston bilan import hajmi har biri 1 mlrd dollardan oshgan.

Markaziy Osiyodagi qo‘shni Turkmanistondan import 926,2 mln dollarni tashkil etgan. Shuningdek, Belarus bilan savdo hajmi 698,8 mln dollar, AQSH bilan esa 656,1 mln dollarga teng bo‘lgan.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda xizmatlar bozorida 14,6 foizli yillik o‘sish qayd etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.