Turkmanistonliklar AQSH vizasi uchun 15 ming dollargacha garov puli to‘laydi

Foto: iStock
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Turkmaniston fuqarolari AQSH vizasi uchun 15 ming dollargacha garov puli to‘laydi. Bu haqda AQSh Departamenti saytida ma’lum qilindi.

Endilikda ayrim mamlakatlar fuqarolari AQSh vizasiga murojaat qilish uchun 5 ming dollardan 15 ming dollargacha miqdorda garov puli to‘lashi lozim bo‘ladi.

Associated Press xabariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati ushbu ro‘yxatga yana yetti davlatni kiritdi. Ularning beshtasi Afrika qit’asida joylashgan. Natijada bunday talab qo‘yilgan mamlakatlar soni 13 taga yetdi. Ularning deyarli barchasi Afrika davlatlaridir.

Ma’lum qilinishicha, AQSh Davlat departamenti o‘tgan hafta Butan, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Gvineya, Gvineya-Bisau, Namibiya va Turkmanistonni ushbu ro‘yxatga kiritgan. Yangi talablar 1-yanvardan kuchga kirgan.

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur choralar AQShga kirgan xorijliklarning viza muddati tugagach mamlakatda noqonuniy qolib ketishining oldini olishga qaratilgan. Shu bilan birga, mutaxassislar ushbu talablar ko‘plab fuqarolar uchun AQSh vizasini deyarli qo‘l yetmas darajaga olib kelayotganini ta’kidlamoqda.

Qayd etilishicha, garov pulining to‘lanishi viza berilishini kafolatlamaydi. Agar viza rad etilsa yoki viza egasi belgilangan qoidalarga to‘liq amal qilganini isbotlasa, to‘langan mablag‘ qaytarib beriladi.

Yangi davlatlar avvalroq ro‘yxatga kiritilgan Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tanzaniya, Gambiya, Malavi hamda Zambiya bilan bir qatorda joy oldi. AQSh ma’muriyati ushbu choralarni mamlakatga kirish tartiblarini yanada qat’iylashtirish siyosatining navbatdagi bosqichi sifatida baholamoqda.

Qaynoq24.uz QSH Green Card lotereyasini vaqtincha to‘xtatgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.