Enter Engineering 1,5 ming nafar hindistonlik ishchiga maosh to‘lamayapti

Foto: kompaniya
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda ishlayotgan qariyb 1,5 ming nafar Hindiston fuqarosi Enter Engineering kompaniyasi tomonidan ish haqlari to‘lanmagani sababli mamlakatni tark eta olmayapti. Bu haqda Hindistonning Odishatv nashri xabar bermoqda.

Ishchilarning aytishicha, ular qariyb to‘rt oydan buyon va’da qilingan maoshlarni olmagan. So‘nggi besh kun davomida ular kompaniya ofisi oldida norozilik aksiyalarini o‘tkazib, mehnat shartnomalarida ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilishini talab qilmoqda.

Shuningdek, ishchilar oziq-ovqat uchun mablag‘ yo‘qligidan va mehnat lagerlaridagi yashash sharoitlari keskin yomonlashganidan shikoyat qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya vatanga qaytishni taklif qilgan, biroq to‘planib qolgan ish haqlarini to‘lash masalasi hal etilmagan.

Xabarda qayd etilishicha, hindistonlik ishchilarning qariyb 600 nafari Ganjam okrugidan kelgan. Ayni paytgacha Enter Engineering kompaniyasi mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Qaynoq24.uz 2026-yilda maosh va pensiyalar qanchaga oshishi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.