9-yanvar kuni yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi

Foto: EuroAsia
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 9-yanvar kuni mamlakat hududlarida havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda, xususan kechasi va ertalab soatlarda tuman tushishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik prognoz qilinmaydi. Kechasi va ertalab tuman kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi esa 9–11 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 8–13 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 0–5 daraja sovuq, kunduzi esa 10–15 daraja iliq bo‘lishi aytilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr tezlikda esadi. Kechasi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmaydi. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 0–5 daraja sovuq, kunduzi esa 2–7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 8-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.