Redmi K90 Ultra smartfoni yangi funksiya bilan chiqadi

Foto: Mega Obzor
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Redmi K90 Ultra smartfoni sovitish ventilyatori bilan chiqadi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Kompaniya Ultra turkumidagi yangi flagmanini joriy yil o‘rtalarida taqdim etishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi K90 Ultra avvalgilaridan farqli ravishda yangi chip bilan chiqmaydi. Qurilma Dimensity 9500 protsessori bilan jihozlanadi. Insayderlar MediaTek bu yil Dimensity 9500 Plus versiyasini taqdim etmasligini bildirgan. Shu sababli smartfon standart Dimensity 9500 chipida ishlaydi.

Redmi K90 Ultra OLED displey bilan taqdim etiladi. Ekran 1,5K aniqlik va juda yuqori yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning muhim jihatlaridan biri ichki sovitish ventilyatori bo‘ladi. Bu texnologiya 2026 yilda ommalashishi kutilmoqda.

Qurilma IP68 darajadagi suv va changdan himoyaga ega bo‘ladi. Dizayn esa minimalistik va soddaroq bo‘lishi aytilmoqda. Oldingi xabarlarga ko‘ra, smartfon 6,8 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Ekran 165 Gs yangilanish chastotasini qo‘llaydi.

Redmi K90 Ultra 10 000 mA/soat sig‘imli katta batareya bilan jihozlanadi. U 100 vattli simli va tezkor simsiz zaryadlashni qo‘llaydi. Shunga qaramay, qurilma qalinligi 8,5 mm bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon metall rom va ultratovushli ekran osti barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi.

Redmi K90 Ultra may yoki iyun oylarida Xitoyda taqdim etilishi mumkin. Avvalgi modellarda bo‘lgani kabi, u faqat Xitoy bozori uchun mo‘ljallanishi ehtimoli bor.

Qaynoq24.uz eng hayratlanarli smartfonlar haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.