“Barselona” “Real”dan ustun keldi

Foto: "Barselona"
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ispaniya Superkubogi finali yakuniga yetdi. “Qirol Abdulla” stadionida kechgan bahsda Barselona Real Madridni 3:2 hisobida mag‘lub etib, sovrinni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning ilk bo‘limi gollarga boy bo‘ldi. 36-daqiqada Rafinya hisobni ochdi. Tanaffus oldidan madridliklar Vinisius orqali javob qaytardi, ammo Levandovski “Barselona”ni yana oldinga olib chiqdi. Bo‘lim yakunida Gonsalo Garsiya hisobni tenglashtirdi.

Foto: «Barselona»
Foto: Getty images

Ikkinchi taymda tashabbus kataloniyaliklar qo‘lida bo‘ldi. 73-daqiqada Rafinya dubl qayd etib, g‘alaba golini urdi. O‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida Frenki de Yong qizil kartochka olib maydonni tark etdi, biroq bu natijaga ta’sir qilmadi.

Shu tariqa “ko‘k-anorranglilar” Ispaniya Superkubogini 16-marta qo‘lga kiritdi. Avvalgi finalda ham “Barselona” “Real”ni yirik hisobda mag‘lub etgan edi.

Qaynoq24.uz dunyoning eng qimmat futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.