Yuksalish umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyoda “maxsus operatsiyalar” o‘tkazish haqidagi bayonotini keskin tanqid qildi. U jurnalistning xalqaro huquqqa hurmatsizligi va mintaqani imperiyaviy doktrinalarga qo‘shishni taklif qilishini “safsata” deb atadi.
Bekmurodov ta’kidlashicha, zamon o‘zgardi va xalqlar taqdiri telekanallardagi baqir-chaqirlar yoki “katta og‘alar”ning ko‘rsatmalari bilan hal qilinadigan davrlar tarixga ketgan.
«Sarhadlarimiz — bizning or-nomusimiz. Mustaqilligimizga bo‘lgan har qanday tahdid «itoatkorlik» bilan emas, millatimizning birdamlikdagi qat’iy zarbasi bilan qarshi olinadi», — dedi
U shuningdek, bunday provokatsiyalar faqat qo‘shnilarni dushmanga aylantirishi mumkinligini, ammo O‘zbekistonda o‘z uyini himoya qilish uchun iroda, resurs va jasorat yetarli ekanini qayd etdi.

