“Manchester Siti” futbolchisi Abduqodir Husanov O‘zbekiston terma jamoasi yig‘inlariga chaqirilmadi. O‘zbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yanvar oyidagi mashg‘ulot yig‘inlari uchun kengaytirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
20-yanvardan boshlanadigan UTS uchun faqat milliy chempionatda o‘ynayotgan futbolchilar chaqirilgan. Shu bois, chet el klublarida o‘ynovchi yulduzlar ro‘yxatda yo‘q.
Murabbiy jamoani tayyorlashning dastlabki bosqichida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan futbolchilarning jismoniy holatini baholashni maqsad qilgan.

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, chaqirilganlar orasida chet el klublari vakillari – “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov va “Istanbul Boshakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov yo‘q.
Yanvar yig‘ini BAAda o‘tkaziladi va unda futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilinadi.
Qaynoq24.uz Abduqodir Husanov eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgani haqida yozgan edi.

