O‘zbekiston — Kongo DR jamoalarining Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini germaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundialning 3-turidan o‘rin olgan Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bahs rasmiylari ma’lum qilindi.
O‘zbekiston — Kongo uchrashuvida bosh hakam sifatida germaniyalik FIFA referisi Feliks Tsvayer ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Robert Kempter va Kristian Dits yordam beradi.
Bellashuvning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida esa ispaniyalik Alexandro Ernandes hamda Diego Sanches faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Kongo uchrashuvi 28-iyun kuni Atlantadagi “Atlanta Stadium”da bo‘lib o‘tadi.
Qaynoq24.uz Ilgiz Tantashev JCHdagi ilk o‘yinini boshqargani haqida yozgan edi.


