Xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati

Foto: Pexels / Karola G
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi nizomda xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qildi.

Mazkur ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ushbu kasalliklarga ega bo‘lgan fuqarolarga QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi. U bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul taqdim etiladi.

Quyida xavfsizlik kamarini taqishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati keltirilgan:

Kasallik nomi
1O‘mrov va to‘sh suyagi sinishi
2Yelka kamari sinishi
3Qovurg‘alar sinishi
4Chap o‘mrov suyagi chiqishi tufayli o‘tkazilgan operatsiyalar
5Chap o‘mrov suyagining soxta bo‘g‘imi sinishi
6Umurtqa pog‘onasining kompression sinishi
7O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (IV bosqich)
8Bronxial astma (IV bosqich)
9O‘pkaning interstitsial zararlanishi (fibroz va boshqalar)
10O‘pkaning bir qismi yoki butun qismining olib tashlanishi (lobektomiya, pnevmonektomiya)
11Surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi
12Og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari (o‘tkazilgan infarktlar, ishemiya va boshqalar)
13III darajali (morbid) semizlik (TMI ≥ 40)
14Past bo‘yli karlik (150 sm dan past)
15Qo‘l yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar
16Tanada ko‘krak qismida joylashgan og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklar (ekzema, psoriaz va boshqalar)
17O‘mrov, kurak, yelka, to‘sh suyaklari va qovurg‘alarda ichki va tashqi implantlarning mavjudligi
18Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar
19Stomalar mavjud bo‘lishi
20Ko‘krak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (o‘sma)

Qaynoq24.uz yoshlar uchun qulay 5 avtomobil haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.