Samarqandda “Meros yo‘li” yagona turistik marshruti yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha taqdimoti bilan Shavkat Mirziyoyev tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi marshrutning umumiy uzunligi 6,6 kmni tashkil etadi. U Registon maydoni, Bibi-Xonim va Shohi Zinda majmualari hamda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini birlashtiradi.
Shuningdek, Samarqandda “Ipak yo‘li” nomli yangi muzey loyihalari va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi atrofidagi hududni yangilash rejalari taqdim etildi.
Taqdimotda Buxoro shahrining bosh rejasi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, tarixiy-etnografik park barpo etiladi. Majmuada kongress-xoll, amfiteatr, kutubxona, fud-xoll, savdo hududlari va yuqori toifali mehmonxona qurilishi ko‘zda tutilgan.
Qaynoq24.uz 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida 21,4 ming nafar Ozarbayjon fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

