ChatGPT bepul obunada reklama ko‘rsataladi

Foto: NDTV
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

OpenAI ChatGPT SIda reklama e’lonlari joriy etilishi ma’lum qilindi. Reklamalar bepul versiya foydalanuvchilari hamda arzon ChatGPT Go tarifiga ulanganlar uchun ko‘rsatiladi.

Kompaniya izohiga ko‘ra, reklama joylashtirish dastlab sinov tarzida yaqin haftalarda boshlanadi. Birinchi bosqichda e’lonlar asosan AQShdagi voyaga yetgan foydalanuvchilarga namoyish etiladi.

Shu bilan birga, Plus, Pro, Business va Enterprise tariflari to‘liq reklamasiz qoladi. OpenAI reklama bloklari chat-bot javoblaridan aniq ajratilishini va generatsiya qilinadigan javoblarga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. E’lonlar “homiylik qilingan” belgisi bilan ko‘rsatiladi va dialogning asosiy matnidan tashqarida joylashtiriladi.

Kompaniya foydalanuvchilarning yozishmalari reklama beruvchilarga sotilmasligini bildirdi. Reklama targetingi faqat hudud yoki qurilma turi kabi cheklangan signallar asosida amalga oshiriladi. Chatlar mazmuni tahlil qilinmaydi.

OpenAI reklama joriy etilishini ChatGPT’dan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va servisning bepul versiyasini saqlab qolish zarurati bilan izohladi. Bu qaror sun’iy intellekt infratuzilmasi va modellarini rivojlantirish xarajatlari oshib borayotgani bilan bog‘liq.

Qaynoq24.uz Ilon Mask iPhone’dagi yangi sun’iy intellekt yechimidan norozi bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.