Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning faoliyati aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro F.S. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tijorat maqsadida Andijon shahri “Pistamozor” MFY hududidagi xonadonda yashirincha mayning ferma tashkil etgan. Ular 5 ta to‘plamdagi kripto-aktiv mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan.

Natijada jami 438,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278–9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz ISUZU yuk mashinasida 195 mln so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlangani haqida yozgan edi.

