Samsung AQSh bozorida Galaxy S25 FE narxini vaqtincha pasaytirdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda. Aksiya doirasida smartfonni 449 dollarga sotib olish mumkin. Odatda qurilma 649 dollar turadi. Chegirma miqdori 200 dollarni tashkil etadi. Aksiya cheklangan muddatga amal qiladi.
Taklif Samsung.com rasmiy sayti orqali berilmoqda. Qurilmani ushbu narxda olish uchun eski telefon topshirish shart emas. Agar trade-in qilinsa, qo‘shimcha 400 dollargacha chegirma ham olish mumkin.
Galaxy S25 FE 2025-yilda taqdim etilgan modellardan biri hisoblanadi. Smartfon Exynos 2400 protsessori bilan jihozlangan. Displey 6,7 dyuymli FHD+ formatda. Yangilanish chastotasi 120 Hz. Batareya sig‘imi 5000 mA/soat. Kamera tizimi o‘rtacha segment uchun yetarli darajada.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S27 Ultra qanday yangilanishlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

