Redmi K100 Pro Max smartfoni 9 070 mA/soat batareya oladi

Foto: Redmi
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xiaomi kompaniyasining yangi Redmi K100 Pro Max smartfoni rasmiy taqdimotdan oldin o‘yin sinovlaridan o‘tkazildi. Bu haqda Gizmochina xabar berdi.

Natijalarga ko‘ra, qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, alohida D2 tasvir chipi va 9 070 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanadi. Smartfon taqdimoti 11-avgustga rejalashtirilgan.

Redmi mahsulot menejeri ma’lum qilishicha, kompaniya yangi protsessorning ishlashi va energiya samaradorligini avvalgi qurilmalarga nisbatan yaxshilagan. Ishlab chiqaruvchi Redmi K100 Pro Max’ning avtonom ishlash muddati oldingi modelga qaraganda qariyb 40 foizga oshishini kutmoqda.

O‘yin sinovlarida smartfon «Honor of Kings»da o‘rtacha 119,7 kadr/soniya natijani ko‘rsatdi. Bir soatlik o‘yindan keyin qurilma harorati 41,5 darajagacha ko‘tarildi. «Peace Elite»da ham o‘rtacha 119,7 kadr/soniya qayd etilib, harorat 44,4 darajaga yetdi.

Texnik xususiyatlar

«Delta Force» o‘yinida Redmi K100 Pro Max o‘rtacha 119,5 kadr/soniya tezlikni saqlab qoldi va 45,3 darajagacha qizidi. «Genshin Impact»da esa qurilma 59,9 kadr/soniya natijani ko‘rsatib, maksimal harorat 44,1 darajani tashkil etdi.

Eng og‘ir sinov «Honkai: Star Rail» o‘yinida kuzatildi. Smartfon ushbu o‘yinda o‘rtacha 55,6 kadr/soniya ishladi, energiya sarfi 6,8 vattga, korpus harorati esa 52,2 darajaga yetdi. Shunga qaramay, e’lon qilingan natijalarda qurilma uzoq davom etgan yuklama vaqtida ham unumdorlikni nisbatan barqaror saqlagani qayd etilgan.

Redmi hozircha K100 Pro Max’ning boshqa texnik xususiyatlari va narxini rasman e’lon qilmagan.

Qaynoq24.uz Redmi K100 qanday imkoniyat bilan chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.