Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil yakunlari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalarini e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda YAIM o‘tgan yilda 7,7 foizga o‘sdi.
2025-yilda iste’mol narxlari indeksi 7,3 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, aholining real daromadlari bir yil davomida 9,2 foizga oshgan.
Faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 474,9 ming taga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan qariyb 50 ming taga ko‘p.
Sanoat ishlab chiqarishi hajmi yil yakunida 6,8 foizga o‘sdi. Bu 2024-yildagi 6,5 foizlik ko‘rsatkichdan biroz yuqori.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida o‘sish 4,4 foizni tashkil etdi. Agrar sektor rivojlanish sur’atlari o‘tgan yilga nisbatan 3,4 foizga tezlashgan.
Yo‘lovchi tashish hajmi 2025-yilda 5,8 foizga oshdi. Yuk aylanmasi esa atigi 1,9 foizga ko‘paydi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda qayd etilgan 4,2 foizlik o‘sishdan ancha past bo‘ldi.
Qaynoq24.uz bank kartalarida 24/7 aloqa raqami majburiy bo‘lishi haqida yozgan edi.

