23-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Gazeta.uz
Jonibek Juraqulov
3 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston hududida 23-yanvar kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3° sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, Ustyutda kechasi 15-20° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoi viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, cho‘l hududning shimolida 11-13° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, ba’zi joylarda 8° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.

Joriy yilning 22-24-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. 22-yanvarda, 23-yanvar kuni kechasi va ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 22-23-yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 22-24-yanvar kunlari harorat kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 22-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.