Toshkentda qorni tozalashga 1000 dan ortiq odam jalb qilindi

Foto: Poytaxt hokimligi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkentda ko‘chalarda qorni tozalashga 1000 dan ortiq odam jalb qilindi. Bu haqda poytaxt matbuot kotibligi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida qishki mavsumda ko‘chalarda qorni tozalash va harakat xavfsizligini ta’minlash ishlari davom etmoqda. Poytaxt obodonlashtirish bosh boshqarma xabariga ko‘ra, 1000 dan ortiq ishchi va 230 ga yaqin maxsus texnika jalb qilingan.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida, 793 ta ko‘cha, 11 630 ta ko‘p qavatli uy atrofi va ichki hududlar nazoratga olingan.

Foto: Poytaxt hokimligi

Tozalash ishlari, shuningdek, 42 246 ta pod’yezdda amalga oshirilgan bo‘lib, sirpanishga qarshi tadbirlar ham bajarilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 2 497 nafar xodim jalb etilib, jarayonni samarali olib borish uchun 435 ta maxsus texnika ishlamoqda.

Toshkent shahar hokimligi xavfsiz harakatni ta’minlash va fuqarolarni qulay sharoitlarda yashashga rag‘batlantirish maqsadida ushbu ishlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Qaynoq24.uz 23-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.