To‘qayev Isroil prezidentiga maktub yo‘lladi

Foto: Qaztag
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Holokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni munosabati bilan Itsxak Gertsogga telegramma yubordi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, telegrammada Qozog‘iston millionlab begunoh insonlar Holokost yillarida halok bo‘lganini chuqur hurmat bilan yodga olishini bildirgan. U etnik va diniy adovat hamda zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlarini qat’iy qoralashini ta’kidlagan.

To‘qayev Qozog‘iston insoniyatga qarshi jinoyatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni doimiy qo‘llab-quvvatlashini qayd etgan. Shuningdek, Holokost davrida evakuatsiya qilingan ko‘plab yahudiylar Qozog‘istonda boshpana topganini eslatgan.

Telegrammada bugun mamlakatdagi yahudiy jamoasi jamiyatning ajralmas qismi ekani ham ta’kidlangan.

Qaynoq24.uz Isroil G‘azoda majburiy ko‘chirish buyrug‘ini bergani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.