Honor navbatdagi buklanadigan flagmani — Honor Magic V6 modelini yaqin orada taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi. Qurilma Samsung va Oppo‘ning so‘nggi foldable modellari bilan raqobat qiladi.
Manbalarga ko‘ra, Magic V6 mart oyida debyut qilishi mumkin. Qurilma ichki hujjatlarda Phenom kodi bilan yuritilmoqda. Model Snow White, Velvet Black, Sunrise Gold va Red Rabbit ranglarida chiqishi aytilmoqda.
Magic V6 juda yupqa korpusga ega bo‘ladi. Unga 7 000 mA/soat sig‘imli batareya joylashtirilgani ma’lum. Bu ma’lumot Xitoydagi 3C sertifikati orqali ham tasdiqlangan.

Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlashi kutilmoqda. Orqa kamerasi 200 MP bo‘ladi. Periskop telefoto modul ham mavjud bo‘ladi.
Qurilma simsiz quvvatlashni qo‘llaydi. To‘liq suvga chidamlilik va BeiDou sun’iy yo‘ldosh aloqasi ham taqdim etiladi.
Avvalgi Magic V5 iyul oyida $1 250 atrofidagi narxda sotuvga chiqqan edi. Agar Magic V6 martda chiqsa, rasmiy tizerlar fevral o‘rtalarida paydo bo‘lishi mumkin.
Magic V6 bozorda Samsung Galaxy Z Fold 8 va Oppo Find N6 bilan raqobatlashadi.
Qaynoq24.uzHonor hayratlanarli yangi smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

