Markaziy bank tomonidan 30-yanvar uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 10 mln 785 ming so‘mni tashkil etdi.
Qadoqi but holatda qaytarib sotib olish narxi 10 mln 468 ming so‘m etib belgilandi. Agar qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, texnik ekspertiza o‘tkazilgach, qaytarib olish narxi 10 mln 362 ming so‘m bo‘ladi.
10 grammli oltin quymaning sotish narxi 21 mln 570 ming so‘mni tashkil etdi. Qadoqi but holatda bank tomonidan 20 mln 935 ming so‘mga qaytarib olinadi. Qadoqi buzilgan yoki standartlarga mos kelmaydigan holatda ushbu ko‘rsatkich 20 mln 724 ming so‘mni tashkil etadi.
20 grammli oltin quymaning sotish narxi 43 mln 139 ming so‘m etib belgilandi. Qadoqi saqlangan holda qaytarib olish narxi 41 mln 870 ming so‘m bo‘lsa, qadoqi buzilgan holatda 41 mln 447 ming so‘mni tashkil etadi.
50 grammli oltin quymaning sotish qiymati 107 mln 848 ming so‘mni tashkil qildi. Qadoqi but bo‘lsa, bank uni 104 mln 676 ming so‘mga qaytarib sotib oladi. Qadoqi buzilgan yoki texnik talablarga javob bermaydigan holatda narx 103 mln 618 ming so‘mga tushadi.
100 grammli oltin quymaning sotish narxi 215 mln 695 ming so‘m etib belgilandi. Qadoqi but holatda qaytarib sotib olish narxi 209 mln 351 ming so‘mni tashkil etadi. Texnik talablar buzilgan holatda esa ushbu ko‘rsatkich 207 mln 237 ming so‘m bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 30-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

