Toshkent aholisi uyiga yaqin pullik avtoturargohlardan foydalanish uchun rezident ruxsatnomasini onlayn rasmiylashtirishi mumkin. Xizmat my.gov.uz portalida ishga tushirildi.
Ruxsatnoma Poytaxt Parking tomonidan bepul beriladi. Uni olish uchun my.gov.uz saytiga kirish kerak. «Poytaxt Parking rezident ruxsatnomasini olish» xizmatini tanlash talab etiladi. Shaxsiy ma’lumotlar kiritilib, ariza yuboriladi. Ariza ko‘rib chiqilib tasdiqlangach, ruxsatnomadan darhol foydalanish mumkin bo‘ladi.
Rezident ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi. Bir manzil bo‘yicha ikki donadan ortiq ruxsatnoma rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qaynoq24.uz yoshlar uchun qulay 5 avtomobil haqida yozgan edi.

