Germaniyada 2024-yilda migrantlar oqimi 12,3% ga qisqardi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

2024-yilda Germaniyaga kelgan yangi migrantlar soni avvalgi yilga nisbatan sezilarli kamaydi. Federal hukumatning migratsiya hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatga 1,694 mln nafar chet el fuqarosi kirib kelgan. Bu 2023-yilga nisbatan 12,3% kam.

Hisobot ma’lumotlarini Die Welt nashri 4-fevral kuni e’lon qildi. Qayd etilishicha, 2024-yil davomida Germaniyani 1,264 mln kishi tark etgan. Natijada migratsiya saldosi qariyb 430 ming kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida taxminan 35% ga qisqargan.

Hukumat hisobotida Ukrainadan, Ruminiyadan, Turkiyadan, Polshadan va Suriyadan Germaniyaga kelayotgan migrantlar soni kamaygani qayd etilgan. Shu bilan birga, eng ko‘p mamlakatni tark etganlar Ruminiya fuqarolari bo‘lgan. 2024-yilda Germaniyadan Ruminiyaga 178 290 kishi qaytgan. Bu mamlakatni tark etganlarning 14,1% ini tashkil etadi.

Shu bilan birga, 2024-yil Germaniyada fuqarolik olish bo‘yicha rekord yil bo‘ldi. Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili 292 020 nafar chet el fuqarosi Germaniya pasportini olgan. Bu 2023-yilga nisbatan 45,9% ko‘p.

Die Welt’ga ko‘ra, fuqarolik olganlar sonining keskin oshishi avvalgi “svetofor koalitsiyasi” tomonidan qabul qilingan qonun islohoti bilan bog‘liq. Islohot minimal yashash muddatini sakkiz yildan besh yilgacha, yuqori integratsiya darajasida esa uch yilgacha qisqartirgan. Keyinchalik tezlashtirilgan fuqarolik tartibi Friedrich Merz hukumati davrida bekor qilingan.

Umuman olganda, 2024-yilda Germaniyada yashayotgan xorijiy fuqarolar soni 12,4 mln nafarga yetgan. Bu mamlakat aholisining 14,8% ini tashkil etadi va 1990-yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qaynoq24.uz Germaniyada yuk mashinasi haydovchilari uchun 100 ta ish o‘rni ochilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.