6-fevral kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Ko‘plab hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja sovuq, ba’zi joylarda 14 daraja sovuqqacha tushadi. Kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘ladi, Ustyurt hududida esa kechasi 15–18 daraja sovuq, kunduzi 9–12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi ehtimoli mavjud. Shamol g‘arbdan sharqqa burilib, 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo saqlanadi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik va tuman kuzatiladi. Harorat kechasi va kunduzi 1–6 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi esa 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham tuman va yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib qoladi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi va kunduzi 1–6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushadi va qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi va kunduzi 2–7 daraja sovuq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 5-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

