O‘zbekiston hududida 12-fevral kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi 4-6° iliq, kunduzi 10-12° iliq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Cho‘l hududlarda yomg‘ir va qor aralash kuzatiladi. Shamol ayrim joylarda 18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yomg‘ir kuzatiladi. Harorat kunduzi 13-18° iliqqacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yog‘ishi mumkin. Kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor kutilmoqda. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi mavjud. Kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq.
Qaynoq24.uz 11-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

