Quyosh panellari egalariga 73,9 mlrd so‘m subsidiya berildi

Foto: Unsplash / Andres Siimon
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2026-yilning birinchi choragida quyosh panellari o‘rnatgan 45,2 ming nafar jismoniy shaxsga 73,9 mlrd so‘m subsidiya berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Eng katta subsidiya hajmi hududlar kesimida Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keldi. Bu yerda 16,5 mlrd so‘m to‘lab berildi. Xorazm viloyatida 13,3 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyatida esa 9,1 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan. Mazkur mablag‘lar “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida berilmoqda. Ushbu dasturga ko‘ra, xonadoniga quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga ishlab chiqarilgan va umumiy elektr tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat energiya uchun 1000 so‘mdan to‘lov amalga oshiriladi.

Subsidiya mablag‘larini olish jarayoni ham soddalashtirilgan. Fuqarolar “Soliq” mobil ilovasidagi “Keshbek va imtiyozlar” bo‘limi orqali pullarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartasiga o‘tkazib olishi mumkin.

Qaynoq24.uz soliq bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolar kuchaytirilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.