Markaziy bank tomonidan 12-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 22,68 so‘mga arzonlashib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi.
Yevro ham pasaydi. Uning qiymati 22,1 so‘mga tushib, 14 644,02 so‘mga teng bo‘ldi. Rossiya rubli 0,81 so‘mga kamayib, 158,83 so‘mni tashkil etdi.
Britaniya funt sterlingi aksincha o‘sdi. U 2,17 so‘mga qimmatlashib, 16 828,70 so‘mga yetdi. Yaponiya iyenasi 0,93 so‘mga oshib, 80,20 so‘mni tashkil qildi.
Shveysariya franki 31,72 so‘mga arzonlashib, 16 045,06 so‘mga tushdi. Xitoy yuani esa 3,08 so‘mga pasayib, 1 778,14 so‘m bo‘ldi.
Qaynoq24.uz 11-fevral kuni oltin quymalari qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

