14-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Suxrobjon Qodirov Telegram kanali
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston hududida 14-fevral kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.

Toshkent shahrida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Ustyurtda kechasi 8 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Cho‘l hududlarda kechasi 3 darajagacha sovuq tushishi mumkin.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Surxondaryoda esa kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘onada ham kechasi yomg‘ir ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 5 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 13-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.