Adliya vazirligi pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026-yil 9-iyun kuni 3849-raqam bilan ro‘yxatdan olingan.
Ro‘yxatda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 465 ta pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozim belgilangan.
Unga ko‘ra, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, kichik o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, yo‘riqchi, uslubchi va boshqa lavozimlar pedagogik lavozimlar qatoriga kiritilgan.
Ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyat yurituvchi, tegishli ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega jismoniy shaxs pedagog hisoblanadi.
Qaynoq24.uz aohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun yangi tartib joriy etilgani haqida yozgan edi.


