Honor yangi flagman smartfoni – Honor Magic V6 modelini rasman namoyish etadi. Qurilma 1-mart kuni Barselonada o‘tadigan MWC 2026 ko‘rgazmasida taqdim qilinadi.
Kompaniya qurilmaning ilk reklama roligini e’lon qildi. Unda Chitu Red nomli to‘q qizil rangli orqa panel oltin rang ramka bilan uyg‘unlashgan. Yangi model oltin, qora va oq ranglarda ham chiqishi kutilmoqda. Ayrim versiyalarda nanoqoplamali eko-teri ishlatilishi mumkin.
Texnik imkoniyatlar
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessoriga ega bo‘ladi. Batareya sig‘imi 7 150 mA/soat. Qurilma 120 Vt quvvatli simli va simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy kamera 200 megapikselli sensor bilan taqdim etiladi. Shuningdek, periskop obyektiv ham bo‘ladi.
Tashqi ekran 2420 x 1080 piksel aniqlikda bo‘ladi. Ichki bukiluvchi displey esa 2352 x 2172 piksel aniqlikka ega. Smartfonda sun’iy yo‘ldosh aloqasi va suvdan himoya tizimi ham bo‘lishi kutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi konstruktsiya mustahkamligi yaxshilangani va korpus yanada ixcham bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Qaynoq24.uz Honor Magic8 Pro Air smartfoni haqida yozgan edi.

