Yangi Hyundai Ioniq 3 elektromobili taqdim etildi

Foto: Hyundai
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi tomonidan yangi Hyundai Ioniq 3 elektromobili rasman taqdim etildi. U 2026-yilda Yevropa bozorida sotuvga chiqadi.

Model ishlab chiqarilishi Turkiyada yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Yangi Ioniq 3 dizayni bilan avval ishlab chiqarilgan Veloster modelini eslatadi. Avtomobil uzunligi qariyb 4,2 metrni tashkil etadi, g‘ildirak bazasi esa 2,68 metr. Shunga qaramay, Veloster’dagi kabi assimetrik eshiklar bu modelda yo‘q. Ayrim ekspertlar uni Pontiac Aztek bilan ham taqqoslamoqda.

Salon minimalistik uslubda ishlangan. Old panelda kichik raqamli pribor paneli va 14,6 dyuymli markaziy ekran joylashgan. Uning ostida jismoniy tugmalar bloki mavjud. Oddiy versiyalarda esa 12,9 dyuymli displey taklif etiladi. Tizim Pleos OS asosida ishlaydi.

Jihozlar ro‘yxatida isitiladigan va ventilyatsiyali o‘rindiqlar, simsiz quvvatlash, panoramik tom, Bose audio tizimi va SmartSense haydovchi yordamchilari mavjud. Texnik jihatdan model E-GMP platformasiga asoslangan. Asosiy versiya old g‘ildirakdan tortuvchi 147 ot kuchli elektromotor va 42,2 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Bu konfiguratsiya 344 km gacha yurish imkonini beradi.

Long Range versiyasi esa 61 kVt/soat batareya bilan 496 km gacha masofani bosib o‘tadi. Har ikkala variantda aylantiruvchi moment 250 Nm ni tashkil etadi. Kelgusida modelning sport varianti ham paydo bo‘ladi. Ioniq 3 N versiyasiga ikki motorli, 292 ot kuchiga ega tizim o‘rnatilishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz BYD Sealion 08 elektromobili qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.