Sirdaryo va Surxondaryoda 77 kg narkotik modda musodara qilindi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida qo‘shni davlatdan olib kelingan jami 77 kg narkotik modda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyatida DXX Chegara qo‘shinlari, viloyat boshqarmasi va bojxona organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilayotgan yirik miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatildi.

Xususan, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasining Xovos tumani Sharqobod mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida narkokuryerlar tomonidan chegaradagi sim to‘siqlar ustidan uloqtirilgan olti dona sumkani qabul qilib olayotgan paytda ikki nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olindi. Ushbu shaxslar 1983 va 1990-yillarda tug‘ilgan.

Sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning ichidan 8 kg 314 gramm geroin hamda 54 kg 458 gramm opiy moddasi topildi. Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Surxondaryo viloyatida aniqlangan boshqa holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati, bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olindi. U Tojikistondan keltirilgan 14 kg 680 gramm opiy moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda narkosavdoga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkent va Namanganda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.