O‘zbekiston hududida 12-mart kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi ma’lum qildi.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja sovuq, kunduzi 6–8 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi. Ustyurt hududida esa kechasi 10–12 daraja sovuq, kunduzi 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 4–9 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida esa kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi hududlarda tuman kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Harorat kechasi 10–15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.
Qaynoq24.uz 11-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

