Aviatsiya dispetcherlari uchun tibbiy ko‘rik talabi bekor qilindi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda aviatsiya dispetcherlari uchun har kuni smenadan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish talabi bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiya parvozlari qoidalariga (O‘zR AQ-91) kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 1723-13-raqam bilan 2026-yil 6-mart kuni ro‘yxatdan o‘tgan.

Yangi tartibga ko‘ra, xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiya talablaridan kelib chiqib, havo harakatini boshqarish dispetcherlarining har kuni smenadan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishi majburiyati bekor qilindi.

Shuningdek, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim aviatsiya qoidalari ham hujjatdan chiqarib tashlandi. Masalan, bulutlarning quyi chegarasi minimal balandlikdan past bo‘lmasa, o‘tish eshelonidan pasayishga ruxsat berish kabi normalar bekor qilindi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.